Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » MILLATPARVAR YOZUVCHI MAMADALI MAHMUDOV (EVRIL TURON) TAVALLUDINING 80 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN XOTIRA KECHASI

MILLATPARVAR YOZUVCHI MAMADALI MAHMUDOV (EVRIL TURON) TAVALLUDINING 80 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN XOTIRA KECHASI

23 май 2024 йил
148
0

Forish tuman hokimligi, Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi, Forish tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi, tuman madaniyat bo‘limi hamda tuman ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, millatparvar yozuvchi Mamadali Mahmudov (Evril Turon) tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi tadbiri tashkil etildi.

Mamadali Mahmudov 1943-yil 12-dekabrda Forish tumanida tavallud topdi. Shu yerda o‘qib, shu yerda voyaga yetdi. 1959 – 1961-yillar Ukrainada harbiy xizmatni o‘taydi. Harbiy xizmatdan keyin Rossiyaning Tula viloyatida kimyo kombinati qurilishida, keyinchalik esa 1964-yildan 3 yil mobaynida Chirchiq shahridagi kimyo kombinatida mashinist bo‘lib mehnat qilgan.
Mamadali Mahmudov Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil oldi. Guliston, Paxtakor tumanlarida hamda Forish tumanidagi hozirgi “Forish tongi” gazetasida adabiy xodim bo‘lib o‘z ijod faoliyatini boshladi.

1968-yildan “Saodat” jurnalida, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, “Agroprom” nashryotida, Adabiyotni targ‘ib qilish byurosida direktor va “Oltin meros” jamg‘armasi raisi vazifalarida faoliyat yuritdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, millatparvar yozuvchi Mamadali Mahmudov (Evril Turon) o‘zidan katta adabiy meros qoldirdi. Uning “Bog‘don Qashqiri”, “Qora do‘lana”, “O‘lmas qoyalar”, “Oynur”, “Oq gul”, “Bog‘donim”, “Buloqlar”, “Oltin o‘lka”, “Xalq farzandi” kabi romanlari, qissa va hikoyalari, she’r va maqolalarini xalqimiz sevib mutolaa qilmoqda.

Mamadali Mahmudov Cho‘lpon nomidagi davlat mukofoti, Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Xelmen”, “Turon” fanlar akademiyasi akademigi mukofotlariga sazovor bo‘lgan.

Xotira kechasi tadbirida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Abdumannon Saidxonov, Jizzax viloyati Yozuvchilar uyushmasi raisi, shoira Mehribon Abdurahmonova, "Sharq yulduzi" jurnali redaktori, yozuvchi Sirojiddin Rauf, Rahmon Xojiqulov, professor Sodiq Xojiqulov, shoir Rustam Musurmon, yozuvchilar Hamroqul Asqar, Mamadali Eronovlar, shogirdlari Ravshan Latipov, Saʼdulla Ubaydullayevlar va 2-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Hayotbek Bilolov, 1-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Bernora Boʻltakova hamda Mamadali Mahmudovning qizi Toʻxtaboyeva Sabohat Mamadaliyevnalar so‘zga chiqib, yozuvchi haqida iliq fikrlar bildirdi.

Shundan so‘ng maktab o‘quvchilari tomonidan Mamadali Mahmudov ijodidan parchalar namoyish etildi, she’rlar o‘qildi. Tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilar tuman ma’naviyat-ma’rifat markazi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар