MEHNAT QILGAN KAM BO’LMAYDI
Tomorqa nafaqat qo‘shimcha daromad manbai, balki, aholining bandligi hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ham o‘rni va ahamiyati katta.
Ayni kunda Forish tumanida “Tomorqa – qo‘shimcha daromad manbai!” shiorini qishloqlar aholisi orasida keng targ‘ib qilish hamda yer egalarining kundalik faoliyatiga singdirish masalasi tuman hokimligi va barcha mutasaddilarning kundalik ishiga aylangan.
Forish tumanining “Qizilqum” mahallasida tomorqa ekin maydonlaridan mo‘l va sifatli hosil olib, tomorqachilikda katta tajriba to‘plagan oilalar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Mahallada tomorqadan samarali foydalanib, mo‘l hosil yetishtirib, bozorlarimiz serobligiga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan oilalardan biri Nishonboy Boyseyitov oilasidir.
Oila a’zolari o‘z tomorqalarida pomidor, bulg‘or qalampiri, chesnok va boshqa ko‘katlar ekishib, parvarish qilishmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.