Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

Tuman hokimining qarori

14 май 2024 йил
112
0

Forish tumani ichki xo‘jalik avtomobil yo‘llari va markaziy ko‘chalarida fuqarolar va transport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l transporti hodisalarini oldini olish maqsadida, tezlikni cheklovchi yo‘l belgilari o‘rnatish to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 04-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-190-sonli qarorining ijrosini ta’minlash bo‘yicha yo‘l-transport hodisalarini oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash borasida tezlikni cheklovchi yo‘l belgilari tashkil etish maqsadida
QAROR QILAMAN:
1. Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Jamoat xavfsizligi xizmati, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining 2024-yil 17-fevraldagi 10/6-380-sonli xati ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin va ma’qullansin.
2. Forish tumani “Egizbuloq”, “Oqtom” MFYlar hududidagi ichki yo‘llarga ilovaga muvofiq “Yuqori tezlik cheklangan” yo‘l belgilari o‘rnatishga ruxsat etilsin.
3. Tuman “Obodonlashtirish boshqarmasi” rahbari (X.Jo‘raqulov) “Egizbuloq”, “Oqtom” MFYlar hududdidagi ichki yo‘llarga ilovaga muvofiq “Yuqori tezlik cheklangan” yo‘l belgilari o‘rnatish vazifasi topshirilsin.
4. Yoʻl harakati qatnashchilari “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va “Yoʻl harakati qoidalari”ga muvofiq oʻrnatilgan yo‘l belgilari hamda svetofor ishoralari, yoʻl chiziqlariga amal qilishlari, shuningdek berilgan vakolat doirasida yoʻllarda harakatni tartibga soluvchilarning koʻrsatmalarini soʻzsiz bajarishlari shart.
5. Tuman IIB YHXB (T.Muqimov) mazkur yoʻl belgilari oʻrnatilishi hamda tuman hududida transport vositalari harakati tartibga solinishi nazorat qilib borilsin.
6. Mazkur qaror “Forish tongi” gazetasida e’lon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
7. Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari F.Amirov va tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Q.Nazarov zimmalariga yuklatilsin.

Tuman hokimi I.S.Matiyev.
2024- yil 13-may, Bog‘don shaharchasi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Tuman hokimining qarori
14 май 2024, Вторник
Tuman hokimining qarori
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар