Tuman hokimining qarori
Forish tumani ichki xo‘jalik avtomobil yo‘llari va markaziy ko‘chalarida fuqarolar va transport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l transporti hodisalarini oldini olish maqsadida, sun’iy notekisliklar o‘rnatish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 04-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” to‘g‘risidagi PQ-190-sonli qarorining ijrosini ta’minlash bo‘yicha yo‘l-transport hodisalarini oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash borasida sun’iy notekisliklarni tashkil etish maqsadida
QAROR QILAMAN:
1. Forish tumani Ichki ishlar bo‘limining 2024-yil 29-martdagi 42/627-sonli xati ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin va maqullansin.
2. Forish tumani “M.Orolov” MFY hududidagi ichki yo‘llarga ilovaga muvofiq sun’iy yo‘l notekisligi va yo‘l belgilari o‘rnatishga ruxsat etilsin.
3. Tuman “Obodonlashtirish boshqarmasi” rahbari (X.Jo‘raqulov) “M.Orolov” MFY hududdidagi ichki yo‘llarga ilovaga muvofiq sun’iy yo‘l notekisligi va yo‘l belgilari o‘rnatish vazifasi topshirilsin.
4. Yoʻl harakati qatnashchilari “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va “Yoʻl harakati qoidalari”ga muvofiq oʻrnatilgan yo‘l belgilari hamda svetofor ishoralari, yoʻl chiziqlariga amal qilishlari, shuningdek berilgan vakolat doirasida yoʻllarda harakatni tartibga soluvchilarning koʻrsatmalarini soʻzsiz bajarishlari shart.
5. Tuman IIB YHXB (T.Muqimov) mazkur yoʻl belgilari oʻrnatilishi hamda tuman hududida transport vositalari harakati tartibga solinishi nazorat qilib borilsin.
6. Mazkur qaror “Forish tongi” gazetasida e’lon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
7. Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari F.Amirov va tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Q.Nazarov zimmalariga yuklatilsin.
Tuman hokimi I.S.Matiyev
2024- yil 13-may, Bog‘don shaharchasi.