RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda, “Qo‘lba” mahallasi, Mixin qishlog‘ida yashovchi Shahzod Araqulov tomonidan “Shu safar ham yutqazsak boshqa bu sarson loyihani qo‘ymaymiz – Forish.
Bizning maktab "Open byudjet" loyihasini birinchi mavsumida 4 ta qo‘shimcha xona va sun’iy qoplamali stadion loyihasini qo‘yib 2569 ta ovoz to‘pladik. Afsuski g‘olib bo‘la olmadik.
Ikkinchi mavsumda sport zal loyihasini qo‘yib 1890 ta ovoz to‘pladik. Biz g‘olib bo‘lishimiz uchun 24 000 000 yetmay qoldi.
Bolalar o‘ynaydigan spot maydonchasi achinarli holatda. Bir qismiga hojatxona qurilgan. Bir qismida ko‘mir joylashgan. Qancha bolalarni qo‘l oyoqlari sindi shu sport zalni yo‘qligi sababli. Mayli shu pulni ajrtamasa ham g‘olib deb topilsa shu pulni biz xalq yig‘ib bo‘lsa sport zalimizni bitkazib olardik. Agar shu safar ham yutqazsak biz boshqa bu sarsongarchilikka loyiha qo‘ymaymiz. Yurtboshimizning 1500 ta ovoz to‘plagan g‘olib bo‘ladi degan gaplari amal qilinishidan umidvor edik” degan xabar tarqaldi.
➡️ Forish tuman moliya bo‘limi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda ta’kidlanishicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-sonli qarorining 3-bob 38-bandiga asosan ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra, har bir tuman (shahar) bo‘yicha loyihalar to‘plangan ovozlar bo‘yicha yuqoridan pastga saralanadi. Ovoz berish bosqichi yakunlangan kun holatiga jamg‘armadagi mavjud mablag‘lar portalda qayd etiladi. Eng ko‘p ovoz olgan loyihalar tegishli mavsum uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida portal tomonidan avtomatik tarzda g‘olib deb topiladi deb ko‘rsatilganligi ma’lum qilingan.
Forish tumanida open byudjet 2024-yil 1-bosqich g‘oliblari Forish tuman hokimligining “forish.jizzax.uz” veb-saytiga joylashtirilgan hamda Forish tuman hokimligi muassasligida chop etilayotgan “Forish tongi” gazetasida e’lon qilingan.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.