Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMANI ADLIYA BO‘LIMI XODIMLARI MAHALLALARDA AHOLI MUROJAATLARINI TINGLAMOQDA

FORISH TUMANI ADLIYA BO‘LIMI XODIMLARI MAHALLALARDA AHOLI MUROJAATLARINI TINGLAMOQDA

18 апрель 2024 йил
106
0

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida, Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan tasdiqlangan reja grafik asosida tuman adliya bo‘limi tomonidan Musоqul Orolov nomli mahalla fuqarolar yig‘ini Xasan ota qishlog‘ida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda Forish tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Oybek Yuldashev, adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti O‘tkir Mahammatov, Musoqul Orolov nomli mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Olloyor Nazarqosimov, tuman elektr ta’minoti, tuman tibbiyot birlashmasi, mahalla xotin-qizlar faoli, Milliy gvardiya va boshqa mas’ul tashkilot xodimlari ishtirok etdi.

Dastlab yig‘ilish ishtirokchilariga huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha tuman adliya bo‘limi boshlig‘ Oybek Yuldashev tomonidan batafsil huquqiy tushuntirishlar va tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, fuqarolar qonunchilikdagi yangiliklardan habardor qilindi hamda tarqatma materiallar buklet va flayerlar tarqatildi.

Tadbir davomida 6 nafar fuqarolarning 11 ta masaladagi murojaatlari ish yurituvga qabul qilindi. 3 nafar fuqarolarga joyida huquqiy tushintirishlar berildi. Bundan tashqari, adliya bolimining davlat xizmatlari xodimlari tomonidan tadbir davomida 10 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар