“YASHIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDA
Kecha Prezidentimiz raisligida “Yashil makon” loyihasini amalga oshirish hamda chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, “Yashil makon” loyihasini amalga oshirishda sustkashlik bo‘layotgani ta’kidlanib mutasaddilarga zarur topshiriqlar berilgan edi.
Forish tumanida Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalarga mas’ullar biriktirilib “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlarni yanada jonlantirish vazifasi qo‘yildi.
Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Ra’no Daulanova bosh mutasaddilar tumanning “O‘zbekiston” mahallasida bo‘lishib, mahalladagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi o‘rtasida uylar atrofiga, hovlilarga daraxt va gul qo‘chatlari o‘tqazish, atrofni obodonloshtirish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borishdi va bu boradagi ishlar boshlab yuborildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.