Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

RASMIY MUNOSABAT

26 март 2024 йил
123
0

Forish tuman avtomobil yo‘llardan foydalanish davlat unitar korxonasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda ta’kidlanishicha Forish va G‘allaorol tumanlarini bog‘lovchi davlat ahamiyatidagi 4R42 “G‘allaorol q - Qo‘ytosh q – Yangiqishloq sh” avtomobil yo‘lining uzunligi 39 km.ni tashkil etib, avtombil yo‘lining 7 km. qismi asfaltobeton va 32 km. qismi qora qorishmali yo‘l hisoblanadi.

Mazkur avtomobil yo‘lining 91-74 km. qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023 yil 13 iyundagi 346-f-sonli farmoyishi va 2023 yil tasdiqlangan manzilli dasturi asosida ajratilgan limit mablag‘ doirasida joriy ta’mirdan chiqarilgan.

Murojaatda qayd etilgan davlat axamiyatidagi 4r42 ”G‘allaorol q.-Qo‘ytosh q.-Yangiqishloq” avtomobil yo‘lining 52-71 km. (Qoraabdol – Narvon) oralig‘ini joriy ta’mirlash ishlariga katta mablag‘ talab etilishini inobatga olib, boshqarma tomonidan joriy yilda ajratilgan limit mablag‘lari doirasida joriy ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan.

Hozirgi kunda mazkur avtomobil yo‘lida saqlash, qishki qarov ishlari bajarilmoqda, deyilgan ma’lumotda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар