Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI

22 март 2024 йил
26
0

Yurtimizda muborak Ramazon oyi davom etayotgan qutlug‘ kunlarda Forish tumani hokimi Ikrom Matievning tashabbusi bilan tumandagi "Billur" tantanalar majmuasida bir guruh nuroniylar, uch avlod uchrashuv vakillari hamda ro‘zadorlarga bugungi Navro‘zi olam bayrami, “Mahalla tizimi xodimlari” kuni hamda Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik dasturxoni yozildi.
Iftorlikda ishtirok etgan nuroniylar, ro‘zadorlar yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, dehqonchiligimizga, chorvachiligimizga, xonadonlarimizga qut-baraka tilab, duoga qo‘l ochishdi.
Iftorlik so‘nggida Qur’on tilovat qilinib, tumanda o‘tgan marhumlar haqqiga duo qilindi. Yaratgandan yurtga tinchlik, halqimizga farovon hayot, tumanimizning barcha sohalariga fayzu-baraka so‘raldi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар