AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH BORASIDAGI TOPSHIRIQLAR IJROSIGA BAG‘ISHLANDI
Ma’lumki, joriy yilning 5-fevral kuni davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgan edi.
Forish tuman tibbiyot birlashmasida videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, sohani raqamlashtirish borasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Abdumannon Saidxonov ishtirok etib, Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, bu borada muammolarga barham berish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.