Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » UYMA-UY YURISH ORQALI YOSHLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA

UYMA-UY YURISH ORQALI YOSHLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA

06 март 2024 йил
144
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida 2024 yilda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish IT sohasi bo‘yicha bilimlarini oshirish kabi bir qator vazifalari belgilab berilgan.

Shuningdek, “Yoshlar balansi” asosida mutasaddi tashkilot rahbarlariga yoshlar bilan uchrashib, ular muammolarini hal qilib borish vazifasi yuklatilgan.
Forish tuman prokurori, 2-sektor rahbari Ikrom Narziev yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan 2-sektor hududidagi Garasha mahallasida bo‘lib, uyma-uy yurish orqali yoshlar muammolarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida har bir yosh bilan yakkama-yakka suhbatlashdi, ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan fikr almashdi.O‘rganish davomida yoshlar tomonidan bildirilgan muammolar sektor rahbari tomonidan tegishli tashkilotlar ishtirokida hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар