SUD RAISLARI YOSHLAR HUZURIDA
Jizzax viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Sh.Mullajonov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Forish tuman sudining raisi Erkin Umurzakov tomonidan tuman adliya bo‘limi bilan birgalikda tuman davlat xizmatlari markazi binosida bir guruh Forish tuman kasb-hunar maktabi o‘quvchilari bilan sayyor uchrashuv, ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda sudyalar va Forish tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Oybek Yo‘ldoshev yoshlarga mamlakatimizda oxirgi yillarda olib borilayotgan islohotlar,xususan yoshlarning bilim olishi, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotlari uchun har bir sohada yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida tushunchalar berildi va ularga o‘z orzularini amalga oshirishlari, yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun badiiy kitoblarni ko‘p o‘qishlari, vatanni sevishlari, unga sadoqat bilan xizmat qilishlari tushuntirildi.
Yoshlar shu bilan birga tuman davlat xizmatlari markazi ish faoliyati bilan tanishdilar. O‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishib, tegishli javoblar olishdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.