Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » YOSHLARNING HUQUQIY BILIMI VA MADANIYATINI OSHIRISH MAQSADIDA TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

YOSHLARNING HUQUQIY BILIMI VA MADANIYATINI OSHIRISH MAQSADIDA TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

01 март 2024 йил
207
0

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Forish tuman sudi raisi Erkin Umurzakov tomonidan Forish tumanidagi 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 11-sinf o‘quvchilari bilan sayyor uchrashuv, ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda sud raisi ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, xususan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 52,76-80-moddalaridagi normalar,mustaqillikning ilk davridagi ilmga bo‘lgan munosabat bilan hozirgi davrda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, Yangi Konstitutsiyada yoshlar bilishi lozim bo‘lgan eng muhim qoidalar, vatanni sevish, unga sadoqat bilan xizmat qilgan kishigina obro‘-etibor topishi, o‘z orzusiga yetishishi mumkinligini hayotiy misollar bilan, xususan Forish tumanidan yetishib chiqqan yetuk mutaxassislar misolida tushuntirib berildi.

Sud raisi tomonidan yoshlarga faqat chuqur bilim olish, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lish orqali ko‘zlangan maqsadga yetish mumkinligi, huquqiy madaniyatli bo‘lish, ma’naviy saviyani oshirish, yaxshi dunyoqarash va yaxshi nutq egasi bo‘lish uchun badiiy kitoblarni ko‘p o‘qish kerakligi haqida o‘gitlar berildi, shoirlarning ilm va vatan haqidagi she’rlaridan namunalar keltirildi.

Uchrashuv yoshlarning va maktab direktorining bergan savol-javoblari bilan qiziqarli o‘tdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар