FORISH TUMANIDA “BESH TASHABBUS” OLIMPIADASINI O‘TKAZISHGA MAS’UL BO‘LGANLAR UCHUN O‘QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI
Forish tumanida “Besh tashabbus” olimpiadasining 2024 yil tanlov va musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida ushbu tanlov va musobaqalarni o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan mutaxassislar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarni tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Abdumannon Saidxonov kirish so‘zi bilan ochdi.
Forish tumanida “Besh tashabbus” olimpiadasini o‘tkazish bo‘yicha tumandagi 25 ta mahallalarga 25 nafar sport murabbiyi, 65 nafar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, 25 nafar yoshlar yetakchilari biriktirilgan holda ishlarni tashkil etish bo‘yicha ishlar taqsimlandi.
O‘quv-seminarda Jizzax viloyat sport boshqarmasi mutaxassisi A.Buranov hamda Yoshlar ishlari agentligi mutaxassisi Sh.Kobilov tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari, tuman sport maktabi murabbiylari “Besh tashabbus” olimpiadasini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
O‘quv-seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar qaytarildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.