Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » YANGI QABUL QILINAYOTGAN QONUNLAR FUQAROLARNING MANFAATLARINI KO‘ZLAYDI

YANGI QABUL QILINAYOTGAN QONUNLAR FUQAROLARNING MANFAATLARINI KO‘ZLAYDI

24 январь 2024 йил
150
0

Keyingi yillarda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish va jamiyatda adolatni qaror toptirish maqsadida sud-huquq sohasini tubdan isloh etishga doir keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish natijalariga ko‘ra sud ishlarini yuritish jarayoniga yangi institutlar joriy etildi, fuqarolarning huquqlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash maqsadida yarashuv, dastlabki eshituv, shuningdek sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish kabi institutlar takomillashtirildi. Olib borilgan ishlar natijasida odil sudlovni amalga oshirish jarayonida shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi.

Shu bilan birga bugungi kunda sud qarorlarini qayta ko‘rish institutining tahlili mazkur institutni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlar viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Ushbu Qonun sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish mexanizmini yanada takomillashtirishga, fuqarolarning shikoyat qilish huquqidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga hamda ularning buzilgan huquqlari va erkinliklari, shuningdek qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Sobir SODIQOV,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Forish tuman sudining raisi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар