JAMOA SHARTNOMASINI BAJARILISHI MUHOKAMA QILINDI
“Bog‘don” mahallasidagi Amir Temur nomli 1-umumta’lim maktabida kasaba uyushma qo‘mitasi va maktab ma’muriyatining 2023 – 2025-yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasini 2023-yilda bajarilishi to‘g‘risida umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda shartnomani bajarilishi yuzasidan maktab direktori Gavhar Berkinova ma’ruza qildi. Maktabda yil davomida qilingan ishlar yuzasidan o‘qituvchi va ishchi xodimlarni mehnatini muhofaza qilayotgan kasaba uyushma qo‘mitasi bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilayotganligini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, ushbu masala bo‘yicha maktab kasaba uyushma qo‘mitasi raisi shartnomani bir yillik bajarilishi haqida, kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan berilgan imtiyozlarni bajarilishi to‘g‘risida axborot berdi.
Yig‘ilishda o‘qituvchilardan A.Beksinov, K.Ochilov, xizmatchilardan Madina Qoraqulovalar ham so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ma’lumotnoma dalolatnomasi bir ovozdan tasdiqlandi.
Yig‘ilishda fan ta’lim xodimlari kasaba qo‘mitasi Forish tuman bo‘linmasi Kengashi raisi Naim Mahammatov ishtirok etdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.