Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » XOTIN-QIZLAR ULUG‘LANGAN YURTDA INSON CHINDAN AZIZ

XOTIN-QIZLAR ULUG‘LANGAN YURTDA INSON CHINDAN AZIZ

26 декабрь 2023 йил
104
0

Men ko‘p yillar soliq tizimida ishlaganman. Xotin-qizlar va oila tizimiga kirib kelgan vaqtim men ishning bu qadar keng ko‘lamli va bepoyon, chalkash va chigal ekanligidan hayratga tushganman. Ayollar qolib, erkaklar ham idoram eshigini taqillatib kelishidan hayratga tushganman. Ammo vaqt o‘tib bildimki, galaktikamiz asosi quyosh bo‘lganidek, oila asosi ham ayol, oiladagi barcha muammo va tashvishlar, quvonch va yutuqlar oiladagi ayollarning kayfiyati, ruhiyati, savodxonligi, bilimiga bog‘liq ekan. Oilada qadrlangan ayol jamiyatda o‘rin topadi, davlat va hukumat darajasida o‘rin topishi uchun mana shu bosqichlarni bosib o‘tmog‘i shart ekan.
Amalda-chi? Qo‘shnikohli oilalar, xiyonatkorlar, oilaviy zo‘ravonlar va boshqa negativlar natijasida oilalarda tinchlik-halovat, totuvlik, o‘sish va rivojlanish bo‘lishi mumkinmi? Farzandlar-chi? Ularning ajrimini qayd etish uchun ham nazariy jihatdan ijobiy, amalda esa sun’iy murakkabliklar yaratilganki, yarashtirish imkoni yo‘qligi ochiq-oydin ko‘rinib turgan holatda ham yillar kerak bo‘layapti. Natijada aliment, bola ta’minoti, tarbiyasi bilan bog‘liq navbatdagi muammolar chiqib kelmoqda.
Prezidentimiz tomonidan 2023 yil 21 dekabrda “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni tizimda mavjud bo‘lgan bahsli va muammoli vaziyatlarga samarali yechim topilgani bilan soha xodimlarini juda mamnun qildi. Farmonga binoan oilaviy nizolarni ko‘rish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan “Oila sudyalari” tashkil etiladi. Ilgari bu jarayon fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqilar, yuqorida aytganimdek, ko‘p bosqichli, ruhiy og‘ir jarayon edi. Endilikda Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlarda oilaviy nizolarni ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar korpusi shakllantiriladi. 2024 yil 1 fevraldan tajriba tariqasida fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar, Namangan tumanlararo va Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudlarining 2 nafardan sudyasini oilaviy nizolarni ko‘rish bo‘yicha ixtisoslashtirgan holda ushbu sudlarda “Oila sudyalari” tashkil etiladi.
Bu nimasi bilan quvonchli? Buni ajrim sabab sud ishida qatnashganlar juda yaxshi tushunalidar. Sudya juda band shaxs, ajrim bahstalab masala, o‘rtada mol-mulk bilan bog‘liq nizolar albatta, bo‘ladi. Bunday holda sudyaning tajribali, xolis va adolatli bo‘lishiga ko‘p narsa bog‘liq. Oila sudyalari faoliyatining tashkil topishi, birinchidan, ajrimlar masalasiga jiddiy yondoshuvni anglatsa, ikkinchidan, aynan oila masalalariga ixtisoslashgan tajribali va malakali sudyalar shakllanishiga, bu esa ajrimlar sonining sezilarli kamayishiga olib keladi.
Albatta, oilalar ajrim yoqasiga birdaniga kelib qolmaydilar. Bunga ko‘p vaqt va sharoit sabab bo‘ladi. Kuzatuvlarimga ko‘ra, oilaning iqtisodiy negizlari mustahkam bo‘lmagan hollarda bunga moyillik kuchayadi. Farmon bilan 2024 yil 1 fevraldan kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishida yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar uchun tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish, takomillashtirish hamda ularga uslubiy yordam berish maqsadida ta’lim tashkilotlarida tajribali kasanachi va hunarmandlarni jalb etgan holda kasb-hunarga o‘qitish kurslari tashkil etiladi. Xotin-qizlarni kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishlarida kasb-hunarga o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida moliyalashtiriladi. Natijada oilada tadbirkor, uquvli, tadbirkorlikdan xabardor, o‘sish va rivojlanishga tayyor xotin-qizlar paydo bo‘ladi. Ularning ongi, dunyoqarashi o‘sadi. Hayot faqat turmush yumushlari, bola tug‘ish, serial ko‘rishdan emas, doimiy izlanish, o‘qish, shaxsiy rivojlanish, bu orqali yangi sahifalar ochishdan iboratligini anglab yetadilar.
Muhtaram Prezidentimizning oila va xotin-qizlar tizimiga bildirgan ishonchi zamirida mana shunday ezgu maqsadlar turganini his qilib turibman. Uni oqlash bizning muqaddas burchimizdir!

Elnora UMMATOVA,
Forish tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар