Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » XALQ DEPUTATLARI FORISH TUMAN KENGASHINING SESSIYASI

XALQ DEPUTATLARI FORISH TUMAN KENGASHINING SESSIYASI

23 ноябрь 2023 йил
145
0

Xalq deputatlari Forish tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani deputat Yuldosh Kengashev boshqarib bordi.
Sessiyada dastlab deputatlar tomonidan tumandagi 4 ta sektor rahbarlarining “Tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 4 ta sektorlar rahbarlarining 2023 yilning 9 oyi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti” tinglanib, muhokama qilindi.
Shundan so‘ng sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tuman Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi Rustam To‘ychievning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tumanidagi Xalq qabulxonasining mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini o‘rganish hamda 2023 yilning o‘tgan 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar va murojaatlardagi muammolar bilan ishlash bo‘yicha axboroti” eshtildi.
Bundan tashqari sessiyada tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Oybek Yo‘ldoshevning “2023 yilning 9 oyi davomida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axboroti” hamda davlat kadastlar palatasi Forish tuman filiali boshlig‘i Farhod To‘ychievning “Davlat kadastrlar palatasining mahallalar chegaralarini belgilash hamda Forish tumanining Mirzacho‘l tumani bilan chegaradosh hududlaridan qisman yer maydonlarini Mirzacho‘l tumaniga o‘tkazish to‘g‘risidagi axboroti”ni ham eshitib muhokama qildilar.
Sessiyada tuman hokimining sessiyalar oralig‘ida qabul qilgan qarorlarini tasdiqlash haqidagi masala ham qarab chiqildi. Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari Abdumannon Saidxonov axborot berdi.
Sessiyada deputatlar tomonidan bir ovozdan Uzoqov Shavkat Jumabekovichni tuman hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Karimov Bobir Narinovichni tuman hokimligi tashkiliy kadrlar guruhi rahbari etib tasdiqlandi.
Sessiyada kun tartibidagi muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар