Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI

21 декабрь 2023 йил
65
0

Joylarda hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazilishi belgilangan. Bugun Forish tumani 1-sektor hududidagi “Bog‘don” mahallasida joylashgan 30-son madaniyat markazida yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan maqsad yoshlarni qiziqtirayotgan savollariga javob berish, mavjud muammolarni birgalikda hal qilish va iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. Uchrashuvda tumandagi barcha mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Forish tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rfifiy ishlar buo‘icha o‘rinbosari Abdumannon Saidxonov so‘zga chiqib, 2023 yilda tumanda yoshlar siyosati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda 2024 yildagi rejalar haqida yoshlarga aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ular muammolari atroflicha o‘rganilib shu joyning o‘zida еchim topildi.
Samimiy muloqot tarzida kechgan uchrashuvda yoshlarning ta’lim, bandlik, kredit olish, tadbirkorlik, kontrakt to‘lovlarini to‘lashda ko‘maklashish, subsidiya olish borasidagi savollari, takliflari tinglandi. Ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Tadbirda yoshlar ishlari agentligi Forish tuman bo‘limi boshlig‘i Furqat Yo‘ldoshev ham so‘zga chiqdi.
Uchrashuv nihoyasida tuman ijtimoiy va iqtisodiy hayotida faol ishtirok etayotgan bir guruh iqtidorli yoshlar Forish tuman hokimligi faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

“SAFIMIZDAGI YOSHLAR” LOYIHASI
11 декабрь 2023, Понедельник
“SAFIMIZDAGI YOSHLAR” LOYIHASI
FORISHDA MAHALLA YOSHLAR YETAKCHILARI HISOB BERMOQDA
07 декабрь 2023, Четверг
FORISHDA MAHALLA YOSHLAR YETAKCHILARI HISOB BERMOQDA
“YOSHLAR BOG‘I” TASHKIL ETILADI
13 ноябрь 2023, Понедельник
“YOSHLAR BOG‘I” TASHKIL ETILADI
PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
18 октябрь 2023, Среда
PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар