Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » “OBOD XONADON – OBOD KO‘CHA – OBOD MAHALLA” ODAMLARINING QALBI HAM OBOD, MADANIYATI HAM YUKSAK BO‘LADI

“OBOD XONADON – OBOD KO‘CHA – OBOD MAHALLA” ODAMLARINING QALBI HAM OBOD, MADANIYATI HAM YUKSAK BO‘LADI

09 декабрь 2023 йил
63
0

O‘tgan yili mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan «Obod qishloq», «Obod mahalla» tashabbusi yurtimiz obodonchiligining yangi bosqichini boshlab bergan edi.
Yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan muhtaram Prezidentimizning bu tashabbuslari xalqimiz tomonidan katta xursandchilik bilan kutib olindi va qo‘llab-quvvatlandi.
Natijada o‘tgan asrning oltmishinchi-yetmishinchi yillarida barpo etilgan barak-uylar, abgor holatdagi qishloq va mahallalar qiyofasi tubdan o‘zgartirilib, yangicha zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Bunday yangilanishlar jarayonida elektr, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta’minotidan tashqari tor va qing‘ir-qiyshiq ko‘chalar kengaytirilib, asfalt va shag‘al yotqizildi. Aholi yashash xonadonlarining ko‘rkam qiyofa kashf etishi, farovon turmush uchun barcha qulayliklarning yaratilishi fuqarolarimiz ko‘nglida ertangi kunga yanada ishonch paydo qilgani shubhasizdir. Birgina Do‘stlik tumanidagi «Manas» aholi manzilidagi o‘zgarishlarning o‘ziyoq qishloq va mahallalarni obodonlashtirish fuqarolar hayotida qanday muhim o‘rin tutishiga dalolatdir.
Yurtboshimizning bu xayrli tashabbuslari joriy yilda yanada keng quloch yoydi. Butun respublikamizdagi tuman markazlari ham obodonlashtirish dasturiga kiritildi. Bugun Forish tumanidagi “Bog‘don” mahallasini misol qilib oladigan bo‘lsak, bundan 3-4 oy oldingi manzara bugungisidan juda katta farq qiladi. “Bog‘don” mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida ishlar amalga oshirilmoqda. Mahallada 1,7 kilometr ichki yo‘lar kengaytirilib, qum-shag‘al to‘kib tekislandi. 11 ta mavjud gaz taqsimlash punktlari, 0,7 km. o‘rta bosimli, 6,8 km. yuqori bosimli tabiiy gaz tarmog‘i ta’mirlandi. Aholini elektr energiya ta’minotini yaxshilash maqsadida 4 ta transformator punktlari o‘rnatilib, 27 ta elektr havo tayanchlarini almashtirish, 1 km. yangi havo tarmog‘i tortish ishlari olib borilmoqda. Bobur, Amir Temur ko‘chalariga tungi yoritgichlar o‘rnatildi. Mahalla hududidagi 1-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 5 mlrd. 250 mln. so‘m evaziga rekonstruksiya qilindi. 0,8 km. ichimlik suv tarmog‘i tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, 1,2 kilometr oqava suv ariqlari betonlashtirilmoqda. Og‘ir toifali 14 ta xonadonlar ta’mirlab berilmoqda. Mahalla hududidagi 505 ta aholi xonadonlari obodonlashtirilmoqda.
Mahalla ichidagi uy-joylar sifatli ta’mirlanmoqda. Yo‘llar kengaytirilib, xushmanzara xiyobonlar barpo etilmoqda. Katta yo‘lga yaqin eski va ko‘rimsiz binolar buzilib, ular o‘rnida shinam xonadonlar, madaniy-maishiy ob’ektlar barpo etilmoqda.
“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” odamlarining qalbi ham obod, madaniyati ham yuksak bo‘ladi. Butun mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamda olib borilayotgan obodonchilik yumushlari Baxmalda ham o‘z aksini topayotgani barchani xursand qilmoqda.
Hattoki, eskicha fikrlash va yashashga ko‘nikib qolgan ayrim baxmalliklar ham o‘z ko‘z o‘ngilarida sodir bo‘layotgan bunday yangilanishlardan hayratga tushmoqda.
Ammo, guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek bugungi o‘zgarish va yangilanishlarni to‘g‘ri qabul qilmayotgan, xalq va davlat manfaatidan o‘z shaxsiy manfaatini ustun qo‘yayotganlar ham uchrab turibdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар