Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » TURAR JOY VA KUNDALIK TURMUSH GIGIENASINI JORIY ETISH BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRLARI

TURAR JOY VA KUNDALIK TURMUSH GIGIENASINI JORIY ETISH BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRLARI

29 ноябрь 2023 йил
59
0

Forish tumani 1-sektor hududidagi “Bog‘don” mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi tadbiq etilmoqda.

Forish tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan “Bog‘don” mahallasidagi Fayzobod, G‘ofur G‘ulom, Guliston, Ziyokor, Amir Temur ko‘chalarida turar joy va kundalik turmush gigienasini farovon oilani asosi mavzusida oila bekalari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Targ‘ibot tadbirlarida oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlari, mahalla xotin-qizlar faollari, tibbiyot xodimlari uy bekalariga oilalarda xonadon madaniyatini yuksaltirish, xonadonlarni obod hamda ko‘rkam qilish, qurilish me’yorlari va sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etish, yong‘in xavfsizligi choralarini ko‘rish, tandirxonani to‘g‘ri joylashtirish va molxonadan uzoq bo‘lishi, gaz va elektr uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish, molxona, tovuqxona, qo‘yxonalarni to‘g‘ri joylashtirib ozoda saqlash, oshxonalarni joylashtirish bo‘yicha uy bekalariga kundalik hayotda zarur bo‘ladigan gigienik talablar bo‘yicha tushunchalar bermoqdalar.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар