“SIYOSIY-MAʼRIFAT SOATI”DA FORISH TUMANI HOKIMLIGI XODIMLARI HAM FAOL ISHTIROK ETISHDI
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan “Siyosiy-maʼrifat soati”da Forish tumani hokimligi xodimlari ham ishtirok etishib, bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari toʻgʻrisida zaruriy maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Shuningdek, o'quv soati davomida quyidagi masalalarga ham toʻxtalib oʻtildi:
“Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorning mazmun-mohiyati
“Nega ayrim odamlar oʻzlarini aqlli deb oʻylaydilar? Kryuger effekti” sarlavhali videolavha namoyishi
“Mutolaa vaqti” rukni
”Konstitutsiyaviy savodxonlik" rukni
Oʻzbekiston va xorijdagi muhim yangiliklar
Ushbu “Siyosiy-maʼrifat soati” Agentlikning ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.