Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISHDA MILLIY GVARDIYA XODIMLARI HAM “YASHIL MAKON” LOYIHASIDA FAOL ISHTIROK ETISHMOQDA

FORISHDA MILLIY GVARDIYA XODIMLARI HAM “YASHIL MAKON” LOYIHASIDA FAOL ISHTIROK ETISHMOQDA

16 ноябрь 2023 йил
75
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida Forish tumani milliy gvardiya va qo‘riqlash bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.
Ular tomonidan tumanning “O‘zbekiston” mahallasida bog‘ tashkil etilmoqda.

Milliy gvardiya va qo‘riqlash bo‘limi xodimlari bog‘ tashkil etiladigan maydonni turli chiqindilardan tozalashib, texnikalar yordamida tekislashdi. Shundan so‘ng u yerga mahalliy o‘g‘it solishdi.

Milliy gvardiya va qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tashkil etilgan bog‘ga hudud iqlimiga mos hamda suvsizlikka chidamli daraxt ko‘chatlari ekishdi. Tashkil etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida jamoa a’zolari ko‘ngilli bo‘lib ishtirok etishdi.

O‘ylaymizki, osoyishtaligimiz posbonlari tomonidan ekilgan nihollar kelgusida atrof-muhitga yashillik baxsh etib, atmosferamiz musaffoligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар