Forish tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 apreldagi “Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi 596-sonli hamda 2023 yil 22 iyuldagi 307-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash borasida ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» yoki «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va xom ashyo xarid qilish bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun subsidiyalar ajratilmoqda.
Xususan, tumanning “Xonbandi” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan “JASMINA FOR TEX” MChJga kasanachilik ish faoliyatini tashkil qilish maqsadida asbob-uskunalar xarid qilib, 12 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj “Ayollar daftari”, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan xotin-qizlarning kasanachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun subsidiya olib berilib, bandligi ta’minlandi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.