DEPUTAT NURONIYLAR BILAN SUHBATLASНDI
Xalqimiz “Keksalari e’zozlangan yurtning kelajagi porloq bo‘ladi” degan naqlni bejizga aytishmaydi. Zero, xalqimiz tinchlik va osoyishtaligini saqlash, yoshlarni ota-bobolarimiz urf-odat va an’analariga sadoqat ruhida tarbiyalashda keksalarimizning xizmati beqiyos. Bugun yurtimizda “Keksalar haftaligi”ni o‘tkazilayotganligi zamirida ham keksalarni ulug‘lash, ularga mehr-oqibat ko‘rsatishdek ezgu maqsad mujassam.
Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Bobomurod Gulmurodzoda “Keksalar haftaligi” doirasida tumanning 1-sektor hududidagi “Bog‘don” mahallasida bo‘lib, mahallada yashovchi bir guruh nuroniylar bilan uchrashib suhbatlashdi. Suhbat davomida nuroniylarni qiynab kelayotgan muammolarini ham o‘rgandi.
Keksalar tomonidan bildirilgan muammolar tegishli tashkilotlarga topshirilib, tegishli tashkilotlar bilan muammolarni hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.