HUNARMANDLAR KO‘RGAZMASI TASНKIL ETILDI
Forish tumanidagi 30-son madaniyat markazida “Keksalar haftaligi” doirasida hunarmandlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Unda keksa avlod vakillari bilan bir qatorda o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar ishtirok etishdi.
Ko‘rgazmada Forish tumaniga xos ayollar uchun milliy liboslar, zardo‘zlik, yog‘ochdan yasalgan uy-ro‘zg‘or buyumlari, kashtachilik va boshqa hunarmandchilik mahsulotlari namoyish etildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Муҳокамага қўшилинг
Изоҳлар (0)