Jizzax Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi Jizzax Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi tomonidan, Forish tumani hududidan o‘tgan 4R42 avtomobil yo‘lining 65 – 85 km. oralig‘i, eski qoplamasi buzilib, eni 7 m, 4K252 avtomobil yo‘lining 19 – 25 km oralig‘i eni 4.5 m qalinligi 6 sm asfalt qoplamasi bilan qoplandi.
Bu yo‘l Forish tumanini G‘allaorol tumani markazi bilan bog‘laydi.
Ushbu davlat tasarrufidagi yo‘l Forish tumanining Savr dovoni orqali Musoqul Orolov nomli, “Qoraabdol ota”, “Narvon” mahallalari orqali o‘tadi.