Forish tumanidagi barcha 66 ta umumta’lim maktablarida yoshlarni barkamol insonlar qilib ulg‘aytirish, ularni vatanparvarlik ruhida voyaga yetkazish borasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelinayapti.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 140-son qaroriga binoan "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruxida tarbiyalash konsepsiyasi" ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu konsepsiyaning 2-bobida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruxida tarbiyalashning maqsadi va asosiy vazifalari belgilab berilgan.
Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi Forish tumani inspektor psixolog leytenant Tilovqobil Ashurov tomonidan Forish tuman “Qoraabdol ota” mahallasi Shoxusmon qishlog‘ida joylashgan 69-umumta’lim maktabining 5-sinf oʻquvchilariga vatanparvarlik darslari o'tildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.