Jizzax viloyat prokurori tashabbusi va homiyligida hashar yo‘li bilan Forish tumani “Qoraabdol ota” mahallasining Shoxusmon qishlog‘ida yangi 60 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi bunyod etilmoqda.
Ayni kunda yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining poydevor qismini qurish ishlari yakunlanib, devorlarini ko‘tarish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qishloq aholisining 60 nafar o‘g‘il-qizlarini o‘z bag‘riga oladi.
Binoning tez va sifatli bunyod etilishi prokuratura nazoratida.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.