Forish tuman hokimligi faollar zalida Forish tumanidagi Aydarko‘l ko‘lida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 iyuldagi PQ-252-sonli “Gidroenergetika sohasini isloh qilish chora-tadbirlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Aydarko‘l gidroto‘plash elektr stansiyasi (GTES) qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni tuman hokimi o‘rinbosari, tashqi savdo va investitsiya bo‘limi boshlig‘i Temur Sa’dullaev boshqarib bordi.
Jamoatchilik eshituvida “Gidroqurilish buyurtmachi xizmati” bosh mutaxassisi S. Xoliqov, “Ekostandart ekspert” mas’uliyati cheklangan jamiyati vakili M. Rasulmetovlar Aydarko‘l gidroto‘plash elektr stansiyasi kurilishi xakida (GTES) ishtirokchilarga ma’lumotlar berishdi.
Forish tumani Aydarko‘l ko‘lida Aydarko‘l gidroto‘plash elektr stansiyasi (GTES)ning loyiha qiymati 350,7 mln. AQSh dollari bo‘lib, 450 mln. kv/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Quvvati 300 MVT.
Loyiha buyurtmachisi “Gidroqurilish buyurtmachi xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda “O‘zbekgidroenergo” AJ. Ushbu loyiha Rossiyaning “Gidroproekt” instituti tomonidan tayyorlangan.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.