Aholi murojaatlarini tinglash, muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida Forish tumani 1-sektor hududidagi “Uchma” mahallasidagi Deriston qishlog‘ida joylashgan 27-umumta’lim maktabida Forish tuman hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shavkat Uzoqov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari, “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida aholi tomonidan o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.
Jumladan, mahalla aholisi tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiya ta`minotidagi uzilishlar, suyiltirilgan gaz ta`minoti, kredit olishda ko‘maklashish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.
Ushbu murojaatlarning bir qismi tegishli tashkilotlar tomonidan joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarning hal etish yo‘llari izlandi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.