Forish tuman hokimligida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda vujudga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan tuman hokimligi shtabining kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Shtab yig‘ilishni Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev boshqarib bordi.
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb masalalaridan biri 2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazishdan iborat.
Shtab yig‘ilishda tumandagi barcha ta’lim, sog‘liqni saqlash, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalarni kuz-qish mavsumiga puxta hozirlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi, bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan ayrim rahbarlar faoliyati tanqid qilindi.
Shuningdek, tumandagi tabiiy gaz yetib bormagan mahallalar aholisiga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish, yetarli miqdorda ko‘mir zahirasi borligi, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bu borada aholi bilan muloqot qilib, har bir xonadonga ko‘mir yoqilg‘isini yetkazib berishda amaliy yordam berishlari lozimligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlarni barvaqt amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriq, tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.