Bugungi kunda mamlakatimizdagi har bir katta-kichik rahbarning asosiy vazifasi aholi orasiga kirib borish, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilish, murojaatlarini tinglash, muammolarini o‘rganish va fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni joyida hal etishdir.
Xuddi shu maqsadda Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev aholi bilan navbatdagi qabulini o‘tkazdi.
Aholi bilan muloqot tarzida kechgan qabulda fuqarolar tomonidan bandlikni ta’minlash, uy-joy masalasi, elektr energiyasi va gaz uskunalari hisoblagichlarini o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatish, moddiy yordam ajratish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.
Ushbu murojaatlarning bir qismi qabul davomida joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishli mutasaddilarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.