Forish tumanida aholi muammolarini o‘rganish va ularga o‘z vaqtida yechim topib, fuqarolar mushkulini oson qilish bugungi kunda har bir katta-kichik rahbarlar oldida turgan muhim vazifa sifatida qaralmoqda.
Ayni kunda tumandagi barcha 25 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida chet elda migratsiyada yurgan, migratsiyadan qaytib kelgan va ishlash uchun chet elga chiqish istagida bo‘lgan fuqarolar muamolarini o‘rganish borasidagi ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, tumanning 3-sektor hududidagi “Oqtepa” mahallasida “mahalla yettiligi” va boshqa mutasaddilar tomonidan xonadonma-xonadon yurish orqali migratsiyada yurgan, migratsiyadan doimiy yashash manzillariga qaytib kelgan va chet elda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar xonadonlarida bo‘lishib, ular muammolari o‘rganib borilmoqda.
Ushbu jarayonda aniqlangan muammolar tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.