Aholinining og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish bugun tumandagi barcha korxona, tashkilot, muassasalar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Forish tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Xonbandi” mahallasi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi hamda sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Forish tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning o‘tgan oylari davomida mahallalarda aholiga yuzdan ziyod sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.