Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatdan mutlaqo yangi tizim yaratildi.
Forish tuman hokimi va o‘rinbosarlari tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib, hal etilyapti.
Forish tuman hokimi 1-sektor rahbari Ikrom Matiyev tomonidan bu galgi sayyor qabul tumanning 1-sektor hududidagi “Do‘stlik” mahallasidagi Majrum qishlog‘idagi 32-umumta’lim maktabida o‘tkazildi. Sayyor qabulda tuman hokimi Ikrom Matiyev so‘zga chiqib, aholi o‘rtasida boqimandalikka barham berish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shu hisobdan aholi bandligini ta’minlash haqida gapirib o‘tdi.
Sayyor qabulda tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etdi va aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.
Sayyor qabul davomida aholi tomonidan o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.
Jumladan, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, qishloq vrachlik punktida patronaj hamshiralarni ko‘paytirishda amaliy yordam ko‘rsatish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.
Ushbu murojaatlarning bir qismi tegishli tashkilotlar tomonidan joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarning hal etish yo‘llari izlandi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.