Forish tuman hokimi 1-sektor rahbari Ikrom Matiyev 1-sektorga biriktirlgan ishchi guruh a’zolari bilan mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy, iqtisodiy soha ob’ektlari va aholi xonadonlarini 2024 – 2025 kuz-qish mavsumiga hozirlash, mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini amalga oshirib borish borasidagi ishlarni muhokama qildi.
Sektor rahbari ushbu ishlarni amalga oshirish borasida xonadonma-xonadon yurish, aholi bilan yakkama-yakka suhbatlar o‘tkazish va ular muammolarini atroflicha o‘rganib borish yuzasidan ishchi guruhlari a’zolariga zarur tavsiya, yo‘l-yo‘riq va topshiriqlar berdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.