Avstraliya davlatidan tashrif buyurgan ikki nafar sayyoh O‘zbekiston bo‘ylab sayohat davomida Forish tumaniga velosipedda sayohat qildilar.
Ular bu tumanda joylashgan "Sayyod yurt camp" va "Hayat" dam olish maskanlarida bo‘lishdi.
Sayyohlar shunday fikr bildirishgan: "O‘zbekistonda sayohat qilish xavfsiz. Ayniqsa, Forish tumaniga sayohatimiz davomida shirin qovunlari, mevalari va milliy taomlari bizga juda yoqdi.
Yurtimizga qaytganimizdan so‘ng do‘stlarimizga mana shunday go‘zal maskanlariga sayohat qilishni tavsiya qilmoqchimiz."
Ikki sayyoh Avtraliyaning Melbrun shahridan bo‘lib, ko‘p yillardan buyon hamkorlikda turli davlatlarga velosipedda sayohat qilishadi. Ijtimoiy tarmoqlarda Maria happy traveler nomi bilan mashhur Maria Deyr ushbu suratlarni joylagan.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.