Forish tumanidagi mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalar muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish borasidagi ishlar olib borilmoqda.
Bu borada sektor rahbarlari, mahallalar yettiligi a’zolari va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorlikda ish olib borishayapti.
Forish tumani 4-sektor rahbariyati va mahalla yettiligi a’zolari 4-sektor hududidagi ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalar muammolarini o‘rganish ishlarini xonadonma-xonadon yurish orqali o‘rganmoqdalar.
O‘rganish davomida har bir oila a’zolari bilan suhbatlar tashkil etilib, ular qiziqishlari yuzasidan suhbatlar tashkil etilmoqda.
Xonadonma-xonadon yurish orqali aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan sektor rahbariyati, tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tegishli chora-tadbirlar belgilab olinayapti.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.