Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etib, mahalla aholisi o‘rtasida o‘zaro birdamlik, mehr-oqibat, hamjihatlik va insoniy fazilatlarni namoyon qilishda hamda mahalla, ko‘cha va xonadonlar obodligiga qo‘shgan hissasi uchun tumanning 1-sektor hududidagi “Qo‘lba” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli Mavlonova Feruza Savronovna O‘zbekiston mahallalar uyushmasining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev O‘zbekiston Mahallalar uyushmasining tashakkurnomasini Feruza Mavlonovaga topshirar ekan, uning kelgusi ishlariga omad tiladi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.