Forish tumanida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada tumandagi barcha mahallalarda ichki yo‘llarni ta’mirlash, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida ishlar davom ettirilyapti.
Forish tumani 3-sektor hududidagi Oybek nomli mahalla tumandagi eng katta mahallalardan biri.
Ushbu mahallada ham belgilangan dasturlar doirasida ichki yo‘llarni ta’mirlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Jumladan, mahallaning “O‘zbekiston” ko‘chasiga asfalt qoplama yotqizilib, yo‘llar ravonlashtirildi. Asfalt qoplama yotqizish ishlarini Mirzacho‘l yo‘llardan foydalanish davlat unitar korxonasi yo‘lsozlari amalga oshirishdi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik ishlaridan mahalla ahli mamnun.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.