Bugungi kunda mamlakatimizdagi har bir katta-kichik rahbarning asosiy vazifasi aholi orasiga kirib borish, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilish, murojaatlarini tinglash, muammolarini o‘rganish va fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni joyida hal etishdir.
Xuddi shu maqsadda Forish tuman hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shavkat Uzoqovo O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tuman Xalq qabulxonasida aholining navbatdagi qabulini o‘tkazdi. Qabul aholi bilan samimiy muloqot tarzida kechdi.
Aholi bilan samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda fuqarolar tomonidan bandlikni ta’minlash, uy-joy masalasi, bankdan kredit ajratish, davolanishda ko‘maklashish, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan farzandlari uchun kontrakt pulini to‘lashda amaliy yordam ko‘rsatish, moddiy yordam ajratish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.
Ushbu murojaatlarning bir qismi qabul davomida joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishli mutasaddilarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.