Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan.
Ushbu maqsadda davlat tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Forish tumani 1-sektor hududidagi “Bog‘don” mahallasida bugun o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, o‘zi, oilasi, mahalla, el-yurt farovonligiga munosib hissa qo‘shayotgan, iqtisodiyotimiz taraqqiyotiga xizmat qilayotgan tadbirkorlar, xususiy korxonalar safi tobora kengayib bormoqda.
Jizzax davlat politexnika instituti o‘qituvchilari “Bog‘don” mahallasi “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar faoliyatini o‘rganib, ularning tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish borasida ish olib bormoqda.
Hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar natijasida mahallada tadbirkorlar safini yanada kengaytirish, faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va chora-tadbirlar ishlab chiqilayapti.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.