Forish tumani 1-sektor hududidagi Amir Temur nomli mahallada joylashgan 55-umumta’lim maktabida ham birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jaranglab, yangi o‘quv yili boshlandi.
Umumta’lim maktabida 470 nafar o‘quvchilar bo‘lib, bu yil ilk bor maktab ostonasiga 56 nafar o‘g‘il-qizlar ilk bor qadam qo‘ymoqda.
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan maktabda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda so‘zga chiqqan Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Ra’no Daulanova va maktab direktori barchani bayram bilan qutlashdi.
Shundan so‘ng maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 56 nafar o‘g‘il-qizlarga “Prezident sovg‘alari” topshirildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.