Forish tuman hokimi, 1-sektor rahbari Ikrom Matiyev aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularni hal etish maqsadida tumanning 1-sektor hududidagi Amir Temur nomli mahallasida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.
Sayyor qabulda tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari, “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etishdi.
Amir Temur nomli mahallasining Yotoq qishlog‘ida joylashgan 25-umumta’lim maktabida tashkil etilgan sayyor qabul aholi bilan samimiy muloqot tarzida kechdi.
Dastlab tuman hokimi “Mahalla yettiligi” bilan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahallada joylashgan umumta’lim maktablari direktorlari bilan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan suhbatlashdi.
Shundan so‘ng tuman hokimi mahalla ahlining murojaatlarini tingladi. Aholi bilan samimiy muloqot tarzida tashkil etilgan sayyor qabulda aholi tomonidan elektr energiya, tabiiygaz ta’minoti, uy-joyni ta’mirlashda hamda moddiy yordam ko‘rsatish, tadbirkorlik boshlash uchun kompyuter olishda ko‘maklashish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.
Ushbu murojaatlarning bir qismi tegishli tashkilotlar tomonidan joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.