Mustaqillik – har bir yurtdoshimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz sanalgan bebaho buyuk ne’mat, ulug‘ bayram.
Bu yil yurtdoshlarimiz Vatanimiz Mustaqilligining 33 yilligini “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” ezgu g‘oyasi asosida kutib olmoqda.
Ma’lumki, 2024 yil 18 iyul kuni Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
Davlatimiz rahbarining qarorida mustaqilligimizning 33 yilligini ko‘tarinki ruhda nishonlash belgilab berilgan.
Forish tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligini tumanda yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unga mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, tumandagi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari taklif etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi Ikrom Matiyev tumanda Mustaqilligimizning 33 yilligini keng nishonlash, bayram oldidan o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yuksak saviyada tashkil etish, barcha mahallalarda, ko‘cha va xiyobonlarda obodonlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar, nogironlar, to‘shakda yotib qolgan insonlar xolidan xabar olib, ularga insonparvarlik yordamlarini ko‘rsatish, mahallalarda ko`chma yarmarkalarini tashkil etish, barcha joylarda bayram tadbirlarini o‘tkazishda xavfsizlik choralarini ko‘rish haqida batafsil so‘z yuritdi.
Yig‘ilishda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, tumandagi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlariga mustaqilligimizning 33 yilligini ko‘tarinki ruhda nishonlash yuzasidan zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.