Prezidentimiz tomonidan 2024-yil 24-may kuni “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli farmoni qabul qilindi.
Davlatimiz rahbarining mazkur farmonida mahallalarda “Huquqiy targ‘ibot” kunlarini o‘tkazish, bu tadbirlarda aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berish, uzoq va chekka mahallalarda aholining uzog‘ini yaqin qilish maqsadida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish belgilab berilgan.
Forish tuman adliya bo‘limi va davlat xizmatlari markazi xodimlari tumanning 2-sektor hududidagi “Ilonli” mahallasida bo‘lishdi.
Mahallada adliya bo‘limi xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida suhbatlar tashkil etishdi. Uchrashuv va suhbatlarda aholi va tadbirkorlarning kundalik hayotda uchrayotgan huquqiy muammolari o‘rganildi. Ushbu muammolar yuzasidan aholiga huquqiy tushunchalar berildi.
Shuningdek, davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.