Qishloq xo‘jaligida parrandachilik yetakchi tarmoqlardan biri sanaladi.
Xalqimiz tili bilan aytganda parranda yetti xazinaning biri. Aynan parrandachilik aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda asosiy ahamiyat kasb etib, qishloqda aholini ish bilan band bo‘lishiga ham hissa qo‘shadi.
Forish tumani 3-sektor hududidagi “Egizbuloq” mahallasida yashovchi Furqat Chimpeizov ayrim tengdoshlari singari bekor yurishni o‘ziga ep ko‘rmay, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga bel bog‘ladi.
U o‘z maqsadini mahalla hokim yordamchisi Muzaffar Qozoqovga bildirgandi, u bajonidil qo‘llab-quvvatlab, yordam berishini bildirdi.
Shu tariqa Furqat Chimpeizov parrandachilikni go‘sht yo‘nalishi bilan shug‘ullanish maqsadida hokim yordamchisi ko‘magi bilan bankdan 100 million so‘m kredit olib, mo‘jazgina tovuqxona qurdi va 10 ming bosh jo‘ja hamda boshqa ozuqalarni xarid qildi.
Albatta, astoydil, samarali qilingan mehnat o‘z natijasini ko‘rsatmay qolmaydi. Furqat Chimpeizov ham vaqt bilan hisoblashmay astoydil mehnat qildi. Bugun esa qilingan mehnat o‘z samarasini ko‘rsatib turibdi.
Go‘sht yo‘nalishida parvarishlangan tovuqlarning barchasi tayyor holga kelgan. Yetishtirilgan tovuq go‘shtlari peshma-pesh ichki bozorga yetkazib berilmoqda.
Shuningdek, tadbirkor o‘z faoliyatini yanada kengaytirish borasida ham ish olib borayapti.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.