Forish tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tumandagi barcha 25 ta mahallalarda bo‘lishib, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar holati va ular muammolari va murojaatlarini o‘rganib borishmoqda.
O‘rganish davomida aniqlangan muammo va murojaatlar bo‘yicha tegishli tartibda amaliy yordamlar ko‘rsatilyapti.
Ana shunday o‘rganishlarning navbatdagisi tumanning 4-sektor hududidagi “Qizilqum” mahallasida bo‘lib o‘tdi.
Markaz xodimlari uyma-uy yurish orqali ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar muammolarini o‘rganib, murojaatlarini tinglashdi.
Shuningdek, o‘rganish davomida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga bolalar nafaqasining to‘lanishi yuzasidan ham monitoring ishlari olib borildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.