2024-yil Forish tumanida xalq ta’limi sohasida keng ko‘lamdagi ta’mirlash va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Ayni kunda tumandagi umumta’lim maktablarida 2024 – 2025-yangi o‘quv yili oldidan joriy ta’mirlash ishlari yakunlanib qoldi.
Tumanning 3-sektor hududidagi “Oqtepa” mahallasidagi namunaviy uy-joylar bunyod etilgan Tutak massivida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404-sonli qarori asosida 330 o‘rinli yangi maktab binosi bunyod etilmoqda.
Yangi maktab qurilishiga buyurtmachi “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” DM tayinlangan.
Maktab qurilishini “Forishlik Temur” mas’uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari olib borishmoqda.
Ayni kunda qurilish maydonida ish jadallik bilan olib borilmoqda. Mas’uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari ushbu ob’ektni yil yakuniga qadar foydalanishga topshirish uchun bor imkoniyatlarini ishga solib, mehnat qilmoqdalar.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.